locale OZ

Xitoy Xalq Respublikasining Xaykou shahrida ushu (Taolu) bo‘yicha nufuzli 4-Jahon Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Darya Latisheva Nangun dasturi bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, kumush medal sohibasiga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xitoy Xalq Respublikasining Xaykou shahrida ushu (Taolu) bo‘yicha nufuzli 4-Jahon Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
photo: sport vazirligi

Xitoy Xalq Respublikasining Xaykou shahrida ushu (Taolu) bo‘yicha nufuzli 4-Jahon Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston ushu federatsiyasi milliy terma jamoasi sportchisi Darya Latisheva yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, Taolu yo‘nalishining Nangun dasturi bo‘yicha yuksak mahorat namoyish etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Darya Latisheva Nangun dasturi bo‘yicha 2-o‘rinni egallab, kumush medal sohibasiga aylandi.

Sportchimiz ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston ushu federatsiyasi milliy terma jamoasi murabbiylari Suxorukova Irina Sergeyevna hamda Sarsenbaeva Nargiza rahbarligida ishtirok etmoqda.

Darya Latishevaning ushbu muvaffaqiyati O‘zbekiston ushu maktabining xalqaro maydondagi yuksak salohiyati va murabbiylarimizning samarali mehnati natijasidir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting