Xitoy Taypeyida Kurash rivoji muhokama qilindi
Bugun Xitoy Taypeyi Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh qarorgohida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) vakillari bilan Xitoy Taypeyi sport rahbarlari o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xitoy Taypeyi Olimpiya qo‘mitasi prezidenti janob Erik Lin, Bosh kotib Li So Syu, Xitoy Taypeyi Kurash federatsiyasi Prezidenti Viki Chang va Bosh kotib Jeny Chang, shuningdek, IKA bosh kotibi Muhammad Rizo Nassiri va IKA administratsiyasi rahbari Mansur Mirzaev ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Xitoy Taypeyi Kurash federatsiyasining rivojlanish istiqbollari va so‘nggi yutuqlari muhokama qilindi. MOQ prezidenti janob Olim Ravshanov va janob Abror Jabborovlarning Xitoy Taypeyida murabbiy sifatida faoliyat yuritishida IKA ko‘magini alohida e’tirof etdi.
Janob Erik Linning ta’kidlashicha, O’zbek murabbitlylarinining faoliyati mamlakat kurashchilari darajasini yanada oshirishga yordam beradi.
IKA bosh kotibi Muhammad Rizo Nassiri o‘z nutqida Xitoy Taypeyining sport salohiyati ortib borayotganini qayd etdi:
“Hozirda Xitoy Taypeyida Kurash bo'yica ikki vazn toifasida juda kuchli polvonlar yetishib chiqmoqda. Bu nafaqat Xitoy Taypeyi uchun, balki boshqa mamlakatlar uchun ham jiddiy raqobatni yuzaga keltiradi. Endilikda medallar uchun O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qozog‘iston qatorida Xitoy Taypeyi ham asosiy da’vogar sifatida maydonga chiqmoqda.”
Shuningdek, tomonlar 2027-yilda Kurash bo’yicha jahon chempionatini Xitoy Taypeyida o‘tkazish masalasini ham muhokama qildilar. Xitoy Taypeyi vakillari bu katta yutuq ekanligini ma’lum qildi. Tegishli ruxsat berilsa, mazkur yirik musobaqani o‘z yurtlarida o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.