locale OZ

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medalni dzyudochilarimiz taqdim etgan

Ushbu nufuzli kompleks musobaqada dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha shu paytgacha o‘tkazilgan barcha Osiyo o‘yinlaridagi o‘z rekordini yangilagandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medalni dzyudochilarimiz taqdim etgan
photo: Dzyudo Uzbekistan

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasiga eng ko‘p medalni dzyudochilarimiz taqdim etgan.

Bundan avvalgi XIX Osiyo o‘yinlariga Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan edi.

Ushbu nufuzli kompleks musobaqada dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha shu paytgacha o‘tkazilgan barcha Osiyo o‘yinlaridagi o‘z rekordini yangilagandi. Shu bilan birga aynan dzyudochilarimiz O‘zbekiston sport delegatsiyasiga eng ko‘p - 9 ta medallar shodasini taqdim etgandi.

Delegatsiyamizning umumiy medallari taqsimotiga nazar tashlasak, eng katta hissa aynan dzyudoga tegishli. Uchta oltin, 2 ta kumush, 4 bronza, jami 9 ta medal — O‘zbekiston delegatsiyasining 71 ta medalidan qariyb 13 foizi dzyudochilarimiz hisobiga to‘g‘ri kelgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting