Xamzat Chimaev Shon Striklendga mag'lub bo'lib, chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi
UFC 328 musobaqasi yakuniga yetdi. Turnirning markaziy jangida Xamzat Chimaev sobiq chempion Shon Striklendga qarshi oktagonga ko'tarildi va besh raund yakuniga ko'ra hakamlar qarori bilan mag'lub bo'ldi.
Shu tariqa Xamzat Chimaev MMA faoliyatida ilk bor mag'lubiyatga uchradi va chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi.
Shon Striklend esa faoliyatida ikkinchi bor UFC'ning o'rta vazn toifasi chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Xamzat Chimaev 2025 yil 17 avgust kuni Chikago shahrida o'tkazilgan UFC 319 turnirida janubiy afrikalik Drikus du Plessis ustidan g'alaba qozonib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Ma'lumot uchun, endi Chimaevning professional MMA'dagi statistikasi 16 ta jangda 15 g'alaba va 1 mag'lubiyatga yetdi. Shon Striklend esa faoliyatidagi 31-g'alabasini qo'lga kiritdi.