locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Xalqaro shaxmat maktabida Yoshlar ishlari agentligi Kubogi uchun oʻtkazilgan shaxmat turnirining respublika bosqichi yakunlandi

Boshqa sport turlari 14 iyn 2025 da 04:26
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan ushbu turnir finalida bir milliondan ortiq ishtirokchilar orasidan saralangan eng iqtidorli yosh shaxmatchilar gʻalaba uchun bahs olib bordi. Musobaqa mamlakat yoshlari, ayniqsa, olis hududlardagi ishtirokchilar uchun katta imkoniyat boʻldi. Ular professional grossmeysterlar darajasida oʻyin namoyish etdilar.

Bellashuvlar “Havaskor Open” va “Havaskor Women” toifalarida oʻtkazildi. 9 tur davomida zehn va strategiyaga asoslangan qizgʻin oʻyinlar kechdi. Turnir shartlariga koʻra, gʻolib 25 million soʻm, ikkinchi oʻrin sohibiga 15 million, uchinchi oʻrinni egallagan ishtirokchiga esa 10 million soʻm pul mukofoti topshirildi.

Namanganlik Muzaffar Mirabdullayev yigitlar oʻrtasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. U hal qiluvchi partiyalarda Toshkent viloyati vakillari Akjol Rahmatullayev va Azizxon Yoquxonni magʻlub etdi.

Qizlar oʻrtasida esa Navoiy viloyatidan Munisa Tuychiyeva yaxshi oʻyin koʻrsatib, Sirdaryolik Gulbahor Alikulova va Xorazmlik Husnidu Olimboevadan ustun keldi.

Gʻolib va sovrindorlar Sport vazirligi tomonidan diplomlar, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Musobaqa ishtirokchilari uchun mahorat darslari, treninglar va taʼlimiy mashgʻulotlar tashkil etildi. Xalqaro toifali ustozlar Muhammadali Abdurahmonov va Ulugʻbek Tillayev shaxmat strategiyasi, psixologik tayyorgarlik va turli taktik yondashuvlar boʻyicha bilimlarni oshirishga yordam berdilar.

Shuningdek, xalqaro tajribaga ega sport ustalari ishtirokida yakka vaqtning oʻzida bir nechta ishtirokchiga qarshi oʻyinlar ham oʻtkazildi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting