locale OZ

Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) prezidenti lavozimiga nomzodlar ma’lum bo‘ldi

FEIning yangi prezidenti 2026-yil 5-dekabr kuni Xitoyning Jiangyin shahrida bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleyada saylanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) prezidenti lavozimiga nomzodlar ma’lum bo‘ldi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) prezidentlik saylovida ishtirok etadigan nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Lavozim uchun Kanada vakili Mark Samuel, Ispaniya vakili Sabrina Ibanez hamda Tayvan vakili Jack Huang kurash olib boradi.

Nomzodlarning barchasi FEI tizimida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lib, federatsiya va uning mintaqaviy tuzilmalarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Saylovlarda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish muddati 2026-yil 1-iyunda yakunlandi va shu bilan prezidentlik saylovoldi kampaniyasiga rasman start berildi.

FEIning yangi prezidenti 2026-yil 5-dekabr kuni Xitoyning Jiangyin shahrida bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleyada saylanadi.

Shuningdek, Nomzodlarni ko‘rsatish qo‘mitasi FEI 2026-yilgi saylov va tayinlov jarayonlari doirasida boshqa lavozimlar uchun topshirilgan arizalarni ham ko‘rib chiqdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting