locale OZ

Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan yirik sport festivali tashkil etildi

Olimpiya shaharchasi hududida Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda sport hamjamiyati hamkorligida Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan keng ko‘lamli sport festivali o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xalqaro Olimpiya kuni munosabati bilan yirik sport festivali tashkil etildi
photo: sport vazirligi

Bugun Olimpiya shaharchasi hududida Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi hamda sport hamjamiyati hamkorligida Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan keng ko‘lamli sport festivali o‘tkazildi.

Tadbirda rasmiylar bilan birgalikda, O‘zbekiston boks federatsiyasi Bosh kotibi Shohid Tillaboyev, terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev va chempionlarimiz Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Murodjon Ahmadaliyevlar ham ishtirok etdilar.

Festival doirasida ishtirokchilar boks, futbol, dzyudo, tayekvondo, basketbol, stol tennisi, qilichbozlik, gimnastika, yengil atletika, kamondan otish, padel, tekbol va boshqa sport turlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir dasturidan turli sport zonalari, bolalar marafoni, interaktiv tanlovlar, sovg‘alar, ko‘ngilochar chiqishlar hamda sportchilar bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting