Xalqaro Og‘ir Atletika Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-yil hisobidan ilk bor tashkil etilgan Xalqaro Og‘ir Atletika Federatsiyasi (IWF) ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi masofaviy shaklda — Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Og‘ir Atletika Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Sharipovich Maxmudov ham ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida qator muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, 2027-yilda Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi saralash musobaqalariga mezbonlik qilish bo‘yicha nomzod mamlakatlar ko‘rib chiqildi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston ham o‘z nomzodi bilan qatnashdi.
Shuningdek, musobaqalarni tashkil etish, mezbon mamlakatlarga qo‘yiladigan talablar hamda saralash jarayonlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi. O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishdagi tashabbusi xalqaro sport hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda.
Saralash musobaqalariga mezbonlik qilish bo‘yicha yakuniy qarorlar ertaga rasman e’lon qilinadi.