locale OZ

Xalqaro kurash institutida kursning yakuniy bosqichi va Kurash Today ilmiy-amaliy jurnali muhokama etildi

Mazkur jurnal kurash sportining ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xalqaro kurash institutida kursning yakuniy bosqichi va Kurash Today ilmiy-amaliy jurnali muhokama etildi
photo: Kurash Uzbekistan

Xabar berganimizdek, Kurash mutaxassisligi bo‘yicha Uch oylik onlayn kursning 4-guruhi uchun bir haftalik intensiv amaliy mashg‘ulotlar va yakuniy imtihonlar yaqinlashmoqda.

Shu munosabat bilan, kecha Xalqaro kurash institutining Toshkent shahar Olimpiya shaharchasidagi yangi binosida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Majlisga institut rektori Habibulla Tadjiyev raislik qildi. Unda institutning barcha mas’ul xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi Rizo Nassiri va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev ishtirok etdi.

Muhokama qilingan asosiy masalalar, xususan, 23-29 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy amaliy bosqichga tayyorgarlik, jumladan, tashkiliy ishlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, logistika va xavfsizlik choralari muhokama qilindi.

Sinov bosqichi Xalqaro kurash assotsiatsiyasi va Xalqaro kurash institutining tajribali ekspertlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

Majlisda "Kurash Today" ilmiy-amaliy jurnalining hay’at a’zolarini tasdiqlash bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur jurnal kurash sportining ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting