Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish doirasida Kanadaga tashrif buyurdi
Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish doirasida Kanada davlatiga tashrifini amalga oshirdi.
Kanadadaning Halifax va Monreal shaharlari 2026-yilda dunyoning eng kuchli baydarka va kanoechilarini qabul qilishga hozirlanmoqda. Asosiy e’tibor Dartmut shahridagi Banuk ko‘liga qaratiladi, chunki u yerda 25–27-iyun kunlari baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ICF ustalari o‘rtasidagi jahon chempionati, 1–5-iyul kunlari esa yoshlar hamda 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkaziladi. Shundan so‘ng Monreal Olimpiya havzasi 9–12-iyul kunlari ICF baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda parakanoe bo‘yicha Jahon kubogi bosqichiga, 13–15-iyulda Panamerika chempionatiga mezbonlik qiladi.
Inspeksiya tashrifini ICF’ning global tadbirlar direktori Balint Vekassi va sport bo‘limi rahbari Devid Bugar amalga oshirdi.
Tashrif davomida janob Vekassi va janob Bugar Canoe Kayak Canada bosh ijrochi direktori Keysi Ueyd, tashkilotning texnik direktori Ian Mortimer va Atlantika bo‘limi texnik direktori Mark Jeyms, shuningdek, Yangi Shotlandiya provinsiyasi vakillari hamda Discover Halifax turizm tashkiloti mutasaddilari bilan Monrealda esa shahar ma’muriyati vakillari hamda Jan Drapo bog‘i (Parc Jean-Drapeau) xodimlari bilan muloqotda bo'lishdi.
Demak, Kanda baydarka va kanoechilarni yangi marallar sari yetaklashga tayyor!