locale OZ

Xalqaro hakamlik kursining amaliy bosqichi Angrenda tashkil etildi

Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ekspertlar tomonidan har bir hakamning faoliyati tahlil qilinib, bellashuvlarni boshqarishdagi muhim jihatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xalqaro hakamlik kursining amaliy bosqichi Angrenda tashkil etildi
photo: gettyimages

Xalqaro hakamlik kursining amaliy bosqichi Angrenda tashkil etildi.

Xalqaro kurash instituti tomonidan xalqaro toifadagi hakamlar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro hakamlik kursi o‘zining eng muhim bosqichlaridan biri — amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Kurs dasturining mantiqiy davomi sifatida bugun Angren shahridagi “Dukent” sport bazasida Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokida maxsus sinov musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqada IKA Texnik direktori Ravi Kapur, Administratsiya raxbari Mansur Mirzayev, sport qo‘mitasi a’zosi Juan Daye Vi, IKI Professori Kim Eur Jong va O‘zbeuiston Kurash federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Mazkur bellashuvlar xalqaro hakamlar uchun o‘ziga xos amaliy maydon vazifasini o‘tadi. Kurs ishtirokchilari bahslarni bevosita boshqarib, baholash, qaror qabul qilish va bahsli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazdilar.

Mashg‘ulotlar davomida xalqaro ekspertlar tomonidan har bir hakamning faoliyati tahlil qilinib, bellashuvlarni boshqarishdagi muhim jihatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida kurs ishtirokchilari Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi shtab-kvartirasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular Xalqaro Kurash muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, kurashning ko‘p asrlik tarixi, xalqaro maydonda bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li hamda sport turining bugungi rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur amaliy bosqich xalqaro hakamlarning kasbiy mahoratini yanada mustahkamlash, yagona hakamlik standartlarini shakllantirish va nufuzli xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro seminar o‘z ishini yakunladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting