Xalqaro bolalar gandbol festivalisga start berildi
Kecha Rossiyaning Tolyatti shahridagi “Volgar” sport saroyida XXIII- Xalqaro bolalar gandbol festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanada Samara viloyati sport vaziri Lidiya Rogojinskaya, Tolyatti shahar okrugi rahbari Ilya Suxix, Rossiya gandbol federasiyasining Oliy kengashi raisi o‘rinbosari Igor Stepanov va “Tolyattikauchuk” korxonasi bosh direktori, Samara viloyati gandbol federasiyasi prezidenti Yuriy Morozov so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilarini tabriklashdi.
Festivalda Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston va Belarus davlatlarining 189 ta jamoasi sakkiz (4 ta o‘g‘il bolalar va 4 ta qizlar) toifada kuch sinashmoqda.
G‘olib va sovrindor jamoalarni taqdirlash marosimi 6 iyunь kuni “Olimp” universal sport majmuasida uyushtiriladi.