Xalq o‘yinlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazildi
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida xalq o‘yinlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar yig‘ilishi o‘tkazildi
Tadbir oldidan o‘zbek jang sanʼati, turon yakkakurashi, kurash, kamondan otish, belbog‘li kurash sport turlari va xalq o'yinlari bo'yicha ko'rgazmali chiqishlar tashkil etildi.
Yig'ilishda partiyaning 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani doirasida xalq o‘yinlarini keng joriy etish, milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini tiklash hamda “Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilinishiga erishish bo‘yicha bir qator vazifalar muhokama qilindi.
Yig'ilishda partiyaning Markaziy kengashi raisining Xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Firuza Muxamedjanova, Sport vazirligi bo'lim boshlig'i Umid Djurayev hamda mas’ul federatsiya va assotsiatsiya vakillari ishtirok etishdi.
Ekspertlar yig‘ilishida xalq o‘yinlarini taʼlim tizimiga integratsiya qilish, ularning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, hududiy xususiyatlarni inobatga olgan holda rivojlantirish, shuningdek, darsliklar va o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalari bo'yicha takliflarini bildirishdi.