locale OZ

“WT Diamond Games” musobaqasida taekvondochilarimiz yana oltin medalga erishishdi

Mikst dasturi bahslarida O‘zbekiston jamoalari 1 ta oltin va 1 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“WT Diamond Games” musobaqasida taekvondochilarimiz yana oltin medalga erishishdi
Rasm: Olympic.uz

Janubiy Koreyaning Muju shahrida bo‘lib o‘tayotgan “WT Diamond Games” xalqaro taekvondo musobaqasining ikkinchi kuni ham yurtdoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mikst dasturida ishtirok etgan asosiy jamoamiz — Diyorbek To‘xliboyev, Shuxrat Salaev, Shabbona Abduvalieva va Svetlana Osipovadan iborat to‘rtlik — Indoneziya va Mo‘g‘uliston terma jamoalarini mag‘lub etdi. Finalda Qozog‘iston ustidan qo‘lga kiritilgan ishonchli g‘alaba jamoamizga oltin medalni taqdim etdi.

Ikkinchi jamoa — Ozodbek Mamadaliev, Yodgor Juraboyev, Sevinch Haydarova va Ozoda Sobirjonova — Singapur va Janubiy Koreya jamoalarini mag‘lub etdi. Ammo yarim finalda Qozog‘istonga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda terma jamoamiz Marokash ustidan g‘alaba qozonib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida hozircha 2 ta oltin va 1 ta bronza medal mavjud. Oldinda esa yakkalik bahslar turibdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting