locale OZ

\"World Taekwondo Diamond Games\": Musobaqani oltin medal bilan boshladik!

Sobirjonova va Shoniyozova juftligi ikki bahsda ham raqiblarini ortda qoldirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Janubiy Koreyaning Mju shahrida WT taekvondo bo‘yicha G4 toifasidagi “Muju Taekwondowon 2025 World Taekwondo Diamond Games” xalqaro turniri boshlandi. Musobaqaning ilk kunida yurtimiz vakillari — Ozoda Sobirjonova va Madina Shoniyozova 110 kg vazn toifasidagi ayollar juftlik bellashuvlarida ishtirok etdi.

Yarim finalda taekvondochilarimiz Singapur jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Finalda esa ular mezbon — Janubiy Koreya juftligiga qarshi bahs olib bordi. Bu safar ham Ozoda va Madina raqiblarini 2:0 hisobida ishonchli tarzda yengib, musobaqaning ilk oltin medaliga sazovor bo‘lishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi “World Taekwondo Diamond Games” musobaqasini g‘alaba bilan boshladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting