locale OZ

Warsaw European Open 2026 turniriga qur’a tashlandi. Bugun 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz

Polsha poytaxti Varshava shahrida European Open turkumidagi yana bir musobaqa start oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Warsaw European Open 2026 turniriga qur’a tashlandi. Bugun 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
photo: Dzyudo Uzbekistan

Polsha poytaxti Varshava shahrida European Open turkumidagi yana bir musobaqa start oladi.

Unda dunyoning 4 qit’asi 27 davlatidan kelgan jami 320 nafar dzyudochi medallar yo‘lida bahslarga kirishadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 7 nafar vakili ham Warsaw European Open 2026 turnirida ishtirok etadi. Ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning to‘rt nafar vakili medallar yo‘lida kurashga kirishadi.

Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 14:00, final bloki esa 19:30da boshlanadi.

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

-60 kg: Bahrom Boturov — Xubert Bedrjitski (Polsha)/Sergey Kim (Ukraina)

-60 kg: Muhammadjon Masharipov — Nurdaulet Mirambekov (Qozog‘iston)

-73 kg: Hojiakbar Toshev — Oyxan Sentenak (Fransiya)/Augis Raulusonis (Litva)

-73 kg: Inoyat Telmanov — Yakub Pek (Polsha)

-90 kg: Alisher Samanov — David Mexovskiy (Polsha)/Hedar El Ashi (Bolgariya)

-100 kg: Muhammadali Zoirov — Roman Kabello Amaro (Ispaniya)/Mark Ngayap (Fransiya)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting