Volleybol. Ahmad klubda 2025-yil yakuni sarhisobi bo'lib o'tdi
Ahmad nodavlat notijorat sport maktabida 2025-yil yakunlariga bagʻishlangan sarhisob tadbiri tashkil etildi. Bugungi kunda sport maktabida voleybol bilan birga boks, qoʻl jangi, jangovar sambo, dzyudo, futbol va yengil atletika kabi 10 ga yaqin sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar olib borilmoqda. Respublikada yagona boʻlgan nodavlat notijorat sport maktabida 400 nafardan ortiq yosh sportchilar muntazam shugʻullanib, oʻz mahoratini oshirib kelmoqda.
Tadbirda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Jamshid Fayziyev, sport boshqarmasi rahbariyati, tuman prokurori, ichki ishlar boʻlinmasi hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi Ahmad klubining voleybol sportini rivojlantirish yoʻlidagi fidokorona mehnati, yosh sportchilarni tarbiyalashdagi hissasi hamda federatsiya bilan olib borilayotgan samarali hamkorligi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi.