locale OZ

Voleybol. Yakkasaroyda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Kubogi turniri bo'lib o'tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram

Yakkasaroy tumanidagi 1-sport maktabi o‘yingohida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Kubogi uchun voleybol musobaqasining tuman bosqichi yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport tadbiri mahallalarda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada tumanning turli mahallalaridan tashrif buyurgan yoshlar qatnashib, ikki toifada – qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida bellashdilar.

Qizlar o‘rtasida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

1-o‘rin – “Tepa” mahallasi jamoasi
2-o‘rin – Bobur mahallasi jamoasi
3-o‘rin – “Muhandislar” mahallasi jamoasi

O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa:

1-o‘rin – “Tepa” mahallasi jamoasi
2-o‘rin – Bobur mahallasi jamoasi
3-o‘rin – “Dilbuloq” mahallasi jamoasi

Taqdirlash marosimida Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Shokirov, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting