locale OZ

Voleybol. Xalqaro darajadagi hakamlikka nomzodlar kursi yakunlandi

Mohammad Shahmiri kursning yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlab, O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga minnatdorlik bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Xalqaro darajadagi hakamlikka nomzodlar kursi yakunlandi
photo: Voleybol Uzbekistan

Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Xalqaro darajadagi hakamlikka nomzodlar kursi” o‘z nihoyasiga yetdi. Bir hafta davom etgan mazkur o‘quv jarayonida ishtirokchilar nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar hamda zamonaviy hakamlik talablari bo‘yicha chuqur tayyorgarlikdan o‘tishdi. Bugungi tadbir Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Fayziyev Jamshid Shukurulloyevich va federatsiya bosh kotibi Alimov Farhod ishtirokida bo'lib o'tdi.

AVC instruktori va FIVB xalqaro hakami Mohammad Shahmiri kursning yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlab, O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga minnatdorlik bildirdi.

Kurs yakunida Markaziy Osiyoning turli davlatlaridan qatnashgan 21 nafar hakam xalqaro darajadagi hakamlik maqomiga sazovor bo‘ldi. Ular orasida 3 nafar vatandoshimizning ham borligi biz uchun faxrlidir.

Bugungi yakuniy marosimda tinglovchilarga hakamlik sertifikatlari topshirildi. Shuningdek, Mohammad Shahmiriga O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting