locale OZ

Voleybol. U20 qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari boshlandi

Buxoro shahridagi “Yoshlik” sport zalida voleybol bo‘yicha U20 qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. U20 qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari boshlandi
photo: Voleybol Uzbekistan

Buxoro shahridagi “Yoshlik” sport zalida voleybol bo‘yicha U20 qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari start oldi. Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar mazkur nufuzli musobaqada g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

▫️Mazkur musobaqa yosh voleybolchilarni aniqlash, ularning sport mahoratini oshirish, shuningdek, kelajakda terma jamoalar uchun iqtidorli sportchilar zaxirasini shakllantirishga qaratilgan. Bellashuvlar yuqori saviyada, keskin va murosasiz kechmoqda. Har bir jamoa maydonda o‘zining eng yaxshi imkoniyatlarini namoyish etib, kubok uchun kurashni davom ettirmoqda.

Quyida o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

13.12.2025
Navoiy viloyati 0:3 Xorazm viloyati
Jizzax viloyati 3:0 Toshkent shahar
Samarqand viloyati 0:3 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Buxoro(BuxDU) 3:0 Sirdaryo viloyati

14.12.2025
Sirdaryo viloyati 0:3 Xorazm viloyati
Toshkent shahar 0:3 Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Jizzax viloyati 3:0 Samarqand viloyati
Buxoro(BuxDU) 3:0 Navoiy viloyati

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting