Voleybol. U-19 o‘g‘il bolalar o‘rtasida Sirdaryo viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyati, Xovos tumani 1-son sport maktabida U-19 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida viloyat chempionati yuqori saviya va keskin raqobat ostida tashkil etildi.
Musobaqa davomida jamoalar tomonidan namoyish etilgan texnik mahorat, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilish tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Har bir uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘lib, yosh sportchilarning irodasi va sportga bo‘lgan sadoqati yaqqol namoyon bo‘ldi.
Mazkur chempionat yosh voleybolchilarni aniqlash, ularning sport mahoratini oshirish hamda kelgusida hududiy va respublika terma jamoalariga munosib zaxira tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Xovos tumani jamoasi
2-o‘rin — Guliston tumani jamoasi
3-o‘rin — Sardoba tumani jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.