locale OZ

Voleybol. U-18 o‘g‘il bolalar terma jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi

Mazkur yig‘in 12–18-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. U-18 o‘g‘il bolalar terma jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi
photo: Voleybol Uzbekistan

U-18 o‘g‘il bolalar O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy Muhiddin Shodmonov boshchiligida Samarqand viloyati O‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.

Mashg‘ulotlar joriy yilning 20-fevralidan 5-martiga qadar davom etadi. Yig‘in davomida jamoaning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligini yanada mustahkamlash, o‘yin intizomi va jamoaviy uyg‘unlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yig‘in 12–18-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan. Terma jamoamizga mas’uliyatli musobaqa oldidan omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting