Voleybol. U-15 “Samarqand Open – 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi
2026-yil 18-fevral kuni Samarqand viloyatida voleybol bo‘yicha qizlar o‘rtasida U-15 “Samarqand Open – 2026” xalqaro turniri tashkil etildi. Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar hamda qo‘shni davlatlar — Tojikiston va Qozog‘iston terma jamoalari ishtirok etdi. Turnir yuqori saviyada, murosasiz va qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Nurobod qizlar terma jamoasi
2-o‘rin — Tayloq tumani OPSTTM qizlar jamoasi
3-o‘rin — Qozog‘iston qizlar terma jamoasi
4-o‘rin — Jizzax viloyati qizlar terma jamoasi
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Mazkur xalqaro turnir yosh voleybolchilar o‘rtasida tajriba almashish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va sport mahoratini oshirishga xizmat qildi.