locale OZ

Voleybol toʻgaraklari bugungi kunda yoshlar orasida katta qiziqish uygʻotmoqda

Mashgʻulotlar malakali murabbiylar tomonidan zamonaviy uslubda olib borilib, oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol toʻgaraklari bugungi kunda yoshlar orasida katta qiziqish uygʻotmoqda
photo: Voleybol Uzbekistan

Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 63-voleybolga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida yuritayotgan voleybol toʻgaraklari bugungi kunda yoshlar orasida katta qiziqish uygʻotmoqda.

Mashgʻulotlar malakali murabbiylar tomonidan zamonaviy uslubda olib borilib, oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik koʻnikmalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Toʻgaraklarda ishtirok etayotgan yosh sportchilar voleybol sir-asrorlarini oʻrganib, kelajakda tuman, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun puxta tayyorlanmoqda.

Oʻzbekiston Voleybol Federatsiyasi tomonidan respublikamizning 208 ta shahar va tumanlarida ana shunday ixtisoslashtirilgan voleybol maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu tashabbus yoshlar sportini ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni kashf etishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting