locale OZ

Voleybol sport turi boʻyicha 2025 yil sarhisobiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Tadbirni ochib berish uchun soʻz Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Nazarmuhammedov Davron Abitovichga berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol sport turi boʻyicha 2025 yil sarhisobiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Bugun voleybol sport turi boʻyicha 2025 yil sarhisobi hamda ushbu yoʻnalishni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport fidoyilarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Nazarmuhammedov Davron Abitovich, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ashrapov Ramazon Axmatxo‘jayevich, Sport vaziri o'rinbosari Mahmudov Shaxrillo Sharipovich, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi Qosimov Oybek Omilovich kabi bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbirni ochib berish uchun soʻz Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Nazarmuhammedov Davron Abitovichga berildi.

Taqdirlash marosimi

2025 yil davomida respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishda faol ishtirok etgan qator vazirlik va idoralar vakillari maxsus statuеtkа va planshetlar bilan taqdirlandilar. Jumladan:

Saydullayev Mirjalol Rustam oʻgʻli
Hamrayev Bobir Yangiboyevich
Gʻulomnazarov Sanatilla Alinazar oʻgʻli
Xushvaqtov Sherzod Mahmudovich
Qodirov Erkinboy Ibragimovich
Ubaydullayev Begzod Ubaydullayevich

Shuningdek, 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalardan tashkil topgan IIV Akademiyasining “Akademiya” voleybol sport klubi “Gʻalabaga boʻlgan ishonch” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshilari” nominatsiyalari

Hakamlar:
▪️ “Yilning eng yaxshi erkak hakami” – Jamoliddin Tashpoʻlatov (Namangan viloyati)
▪️ “Yilning eng yaxshi ayol hakami” – Shahlo Salimova (Surxondaryo viloyati)
▪️ “Yilning eng yaxshi ayol statistik-hakami” – Gulzar Abatova (Toshkent shahar)
▪️ “Yilning eng yaxshi faxriy sportchisi” – Rayimqulov Karim

Trenerlar:
▪️ “Yilning eng yaxshi erkaklar treneri” – Maqsud Mahmudov (Buxoro viloyati)
▪️ “Yilning eng yaxshi ayollar treneri” – Ilyos Turdiyev (Namangan viloyati)
▪️ “Eng yaxshi yosh toifadagi milliy terma jamoa treneri” – Rustam Allaberdiev

Sportchilar:
▪️ “Eng yaxshi intizomli sportchi” (ayollar) – Zeboxon Abdusamatova (Andijon viloyati)
▪️ “Eng yaxshi intizomli sportchi” (erkaklar) – Umrbek Rahimov (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
▪️ “Eng yaxshi yosh voleybolchi” (qizlar) – Kristina Hasanova (Fargʻona viloyati)
▪️ “Eng yaxshi yosh voleybolchi” (oʻgʻil bolalar) – Ivan Pivashenko (Toshkent shahri)
▪️ “Kattalar oʻrtasida eng yaxshi voleybolchi” (ayollar) – Malikabonu Tursunpoʻlatova (Namangan viloyati)
▪️ “Kattalar oʻrtasida eng yaxshi voleybolchi” (erkaklar) – Saidjamol Mirobidinov (BuxDU voleybol klubi)

“Yilning eng yaxshi voleybol federatsiyasi”

3-oʻrin – Toshkent shahar voleybol federatsiyasi
2-oʻrin – Namangan viloyati voleybol federatsiyasi
1-oʻrin – Buxoro viloyati voleybol federatsiyasi

Voleybol sport turi boʻyicha 2025 yil sarhisobiga bagʻishlangan tadbir oʻz yakuniga yetdi.
Kelib kelayotgan 2026 yilda ham Oʻzbekiston voleybol federatsiyasiga yangi gʻalabalar, yuksak natijalar va ulkan zafarlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting