locale OZ

Voleybol. Sirdaryoda voleybol sport turi bo‘yicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi

Tadbir davomida viloyatdagi voleybol murabbiylari hamda sport mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryoda voleybol sport turi bo‘yicha xalqaro darajadagi seminar tashkil etildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Sirdaryo viloyatida voleybol sport turi rivojiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar, murabbiylar ishtirok etdi.

Mazkur seminar FIVB (Xalqaro voleybol federatsiyasi) instruktori Moro Branislav, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev, Sirdaryo viloyati IIB mas'ul xodimi Sherzod Abdukarimov hamda Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida viloyatdagi voleybol murabbiylari hamda sport mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda voleybol sport turining o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar asosida mashg‘ulotlar tashkil etish, sportchilarni tayyorlash sifati va metodikasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting