Voleybol. Sirdaryo viloyati kubogi yakunlandi
Joriy yilning 16–17-oktabr kunlari qizlar, hamda 23–24-oktabr kunlari o‘g‘il bolalar o‘rtasida U-18 Voleybol bo‘yicha Sirdaryo viloyati kubogi musobaqalari muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqalarda Sirdaryo viloyatining turli tumanlaridan 200 nafardan ortiq yosh voleybolchilar ishtirok etishdi. Bellashuvlar murosasiz kurashlar, chiroyli kombinatsiyalar va sport ruhiga to‘la tarzda o‘tdi
Qizlar bellashuvlari Boyovut tumanida, o‘g‘il bolalar musobaqasi esa Oqoltin tumanida tashkil etildi.
Natijalar quyidagicha:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1 Oqoltin tumani
2 Xovos tumani
3 Sirdaryo tumani
Qizlar o‘rtasida:
1 Boyovut tumani
2 Yangiyer shahri
3 Sardoba tumani
Ushbu musobaqa yoshlarimizni sportga oshno etish, viloyatda voleybolni yanada ommalashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.