locale OZ

Voleybol. Samarqandda mahorat darslari tashkil etildi

Mazkur tadbir yosh iqtidorlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda viloyatda voleybol sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Samarqandda mahorat darslari tashkil etildi
photo: Voleybol Uzbekistan

18-fevral kuni Samarqand viloyati O‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida maktab direktori Qahramon Raupov tashabbusi bilan, Samarqand viloyati voleybol federatsiyasi ko‘magida 2012-yilda tug‘ilgan qizlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Rustam Allabergenov tomonidan olib borildi. Unda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin yosh sportchi qizlar ishtirok etib, o‘z mahoratini oshirish va yangi tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir yosh iqtidorlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda viloyatda voleybol sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting