Voleybol. Samarqand mezbonligidagi nufuzli musobaqa yakunlandi
Samarqand shahrida o‘tkazilgan CAVA Men’s and Women’s Universiade Games – 2026 musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilib, tantanali tarzda yakunlandi. Bir necha kun davomida davom etgan bellashuvlar sport ruhiga boy, keskin va murosasiz o‘yinlar bilan yodda qoldi.
▫️Musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqladi, balki yoshlar voleybolining bugungi salohiyati va ertangi istiqbolini ham yaqqol namoyon etdi. Har bir jamoa maydonga o‘ziga xos uslub, kuchli tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy ishonch bilan chiqdi.
Yakuniy natijalar:
Ayollar o‘rtasida:
1-o'rin. SamDU (UZB)
2-o'rin. BuxDU (UZB)
3-o'rin. Turkmaniston (TKM)
Erkaklar o‘rtasida:
1-o'rin. Turkmaniston (TKM)
2-o'rin. SamDPI (UZB)
3-o'rin. XIU (UZB)
Musobaqa davomida shakllangan sog‘lom raqobat muhiti, do‘stona aloqalar va professional o‘yin darajasi ushbu turnirning nufuzini yana-da oshirdi. Samarqand esa yana bir bor yirik sport tadbirlarini yuksak saviyada o‘tkaza olishini namoyish etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalarni muborakbod etamiz hamda barcha ishtirokchilarga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!