Voleybol. Qoraqalpog‘istonda U-17 qizlar o‘rtasida chempionat bo‘lib o‘tdi
Kunikecha Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Kunikecha Nukus shahrida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilib, unda hududning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordi. Bellashuvlar yuqori saviyada, murosasiz va qizg‘in ruhda kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Qorao‘zak tumani
2-o‘rin — Mo‘ynoq tumani
3-o‘rin — Taxtako‘pir tumani jamoalariga nasib etdi.
Musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, iqtidorli voleybolchilarni saralab olish hamda hududlarda voleybolni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor