locale OZ

Voleybol. Qorako‘lda “IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Bellashuvlarda tumandagi umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalari qatnashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Qorako‘lda “IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Qorako‘l tumanida yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviylik va sport madaniyatini mustahkamlash maqsadida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i kubogi” voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston voleybol federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilib, unda tuman hokimi hamda tuman IIB boshlig‘i Shahob Hayitov ishtirok etdi va sport bellashuvlariga rasmiy start berdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom avlodni tarbiyalashda bunday musobaqalarning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidladilar. Bellashuvlarda tumandagi umumta’lim maktablarining 9–11-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalari qatnashib, murosasiz va shiddatli uchrashuvlar o‘tkazdilar. O‘yinlar davomida yosh sportchilar o‘zlarining texnik mahorati, tezkorligi va jamoaviy uyg‘unligini namoyish etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — 34-maktab jamoasi
2-o‘rin — 28-maktab jamoasi
3-o‘rin — 52-maktab jamoasi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting