Voleybol. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatning shahar hamda barcha tumanlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya tayyorlash markazida viloyat kasb-hunar maktablari va texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatning shahar hamda barcha tumanlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etdi.
Bellashuvlar yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz ruhida o‘tdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, Qarshi shahar voleybolchi yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Dehqonobod va Shahrisabz tumani voleybolchilari band etdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va kuboklar bilan taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor