locale OZ

Voleybol. Piskent tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi

8-“B” sinf jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, musobaqaning g‘olibi bo‘ldi. G‘olib jamoa homiylar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Piskent tumanida o‘quvchi qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur sport tadbiri yoshlarni jismoniy faollikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida o‘tkazildi. Musobaqada 7-, 8-, 9-, 10- hamda 11- sinf jamoalari ishtirok etib, maydonda qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Har bir jamoa o‘zining jamoaviy o‘yini va sport mahoratini namoyish etdi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 8-“B” sinf jamoasi barcha raqiblaridan ustun kelib, musobaqaning g‘olibi bo‘ldi. G‘olib jamoa homiylar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish hamda voleybol sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting