Voleybol. O‘zbekiston voleybolchilari delegatsiyasi safarda
Bugun yurtimiz voleybolchilari delegatsiyasi III Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga yo‘l olishdi. Ularga katta musobaqa oldidan ko'tarinki kayfiyat va omad tilaymiz!
MDH III o‘yinlari joriy yilning 28-sentyabridan 8-oktyabriga qadar o‘tkaziladi. Ushbu nufuzli sport festivali 23 ta sport turini o‘z ichiga oladi hamda umumiy hisobda 3500 dan ortiq sportchilarni bir maydonga to‘playdi.
Musobaqa bahslari Ozarbayjonning bir nechta shaharlarida – Gyandja, Mingechevir, Gabala, Sheki, Gyoygyol, Yevlax va Xonkendi sport arenalarida bo‘lib o‘tadi.
Bu musobaqa nafaqat sportchilar uchun, balki butun MDH mamlakatlari sport jamoatchiligi uchun ham katta bayram bo‘lishi kutilmoqda. Bizning voleybolchilarimiz ham ushbu maydonda o‘z mahorati va kuchini namoyon etishlariga ishonamiz.