locale OZ

Voleybol. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Uchqoʻrgʻonda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda

Tayyorgarlik Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida o'tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Uchqoʻrgʻonda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda
photo: Voleybol Uzbekistan

Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi rejasiga muvofiq, voleybol bo‘yicha Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Mazkur yig‘in 15–25 dekabr kunlari Uchqoʻrgʻon tuman voleybol sport turlariga ixtisoslashgan davlat maktab-internatida tashkil etilib, mashg‘ulotlar Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi murabbiyi Muxiddin Shodmonov boshchiligida o‘tkazilmoqda.

O‘quv-yig‘in jarayonida yosh voleybolchilarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligini oshirish, jamoaviy o‘yin elementlarini takomillashtirish hamda kelgusi respublika va xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish asosiy maqsad qilib belgilangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting