Voleybol. O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga yutqazib qo‘ydi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Sport vazirligi
Toshkent mezbonlik qilayotgan voleybol bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi Jahon chempionatining pley-off uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun 1/8 finalda Italiyaga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 9-16 o‘rinlar uchun kechgan bahsda Braziliyaga qarshi bahs olib bordi. Braziliyalik voleybolchilar 1/8 finalda Fransiyaga yutqazishgan edi.
O‘zbekiston – Braziliya uchrashuvida okeanorti vakillari 3:1 (25:13, 23:25, 25:15, 25:18) hisobida zafar quchishdi. Bu terma jamoamizning ketma-ket qabul qilib olgan to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Bahrom Bobonov
Redaktor