Voleybol. O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Musobaqa 1 – 8-noyabr kunlari Iordaniyaning Omman shahrida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
1 – 8-noyabr kunlari Iordaniyaning Omman shahrida bo‘lib o‘tadigan II Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston qizlar voleybol terma jamoasi hozirda Olimpiya shaharchasida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Mashg‘ulotlar yuqori darajada, jamoaning jismoniy tayyorgarligi va o‘zaro muvofiqligini mustahkamlashga qaratilgan. Jamoa bilan birga murabbiylar Rustam Alaberdiyev, Zarina Ramazonova hamda Olga Isayenok shug‘ullanmoqda.
🇺🇿Qizlarimiz O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga bel bog‘lashgan. Shu sababdan chempionat oldidan maksimal tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor