locale OZ

Voleybol: O'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rilayotgani o'rganildi

Toshkent va Toshkent viloyatidagi sport inshootlari tekshirildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Maʼlumki, joriy yilning 24 iyul — 3 avgust kunlari Oʻzbekiston 19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi voleybol boʻyicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Musobaqada 24 ta davlat terma jamoasi ishtirok etadi. Chempionatning saralash bahslari Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Saxovat sport servis” zali hamda Toshkent viloyatidagi Jismoniy tarbiya va sport universiteti manejiida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu nufuzli musobaqa arafasida tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishuv va nazorat ishlari olib borildi. Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Shahriyo Mahmudov, IIV oʻrinbosari va Voleybol federatsiyasi raisi birinchi oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari musobaqa oʻtkaziladigan inshootlarda amalga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari bilan tanishdi. Joylardagi masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting