Voleybol. Osiyo chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi
Osiyo chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi
2026-yil 1–7-iyul kunlari Tailandning Nakhon Ratchasima shahrida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada qit’aning eng kuchli jamoalari chempionlik uchun bahs olib boradi.
Musobaqada umumiy hisobda 4 ta guruhda 16 ta milliy terma jamoalar qatnashadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik qizlar jamoasi “A” guruhidan joy oldi.
Guruh bosqichida vakillarimiz Tailand, Avstraliya hamda Mongoliya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Mazkur nufuzli musobaqa yosh voleybolchilarning xalqaro maydondagi tajribasini oshirish, ularning mahoratini sinovdan o‘tkazish hamda Osiyoning kuchli jamoalari bilan raqobat qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.