Voleybol. Navoiyda o‘quvchilar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Navoiy viloyatida 2010-yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy uyg‘unligini namoyon etdilar.
Ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.
Bu e’tiroflar yoshlarimizning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, kelajakda yuksak natijalarga erishishlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Yurtimizda voleybol sportini ommalashtirish borasidagi bunday tashabbuslar yosh avlodning sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor