locale OZ

Voleybol. Navoiy viloyatida voleybol bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi

Zokirovichlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va nazariy seminarlar o‘tkazilib, murabbiylar hamda mas’ul mutaxassislarga voleybolni rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Navoiy viloyatida voleybol bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi ish rejasiga muvofiq, Navoiy viloyatida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev ishtirokida voleybol sport turini rivojlantirishga qaratilgan qator seminarlar va ishchi yig‘ilishlar tashkil etildi. Tadbirlar doirasida Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida voleybol sporti uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganib chiqildi. Markaz infratuzilmasi, mashg‘ulot zallari hamda sportchilarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, voleybolchilar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, markazda faoliyat yuritayotgan zamonaviy fizioterapiya xonalari, u yerdagi jihozlar va mutaxassislar faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.

Seminarlar davomida FIVB instruktori Moro Branislav va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Nosirov Zokir Zokirovichlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar va nazariy seminarlar o‘tkazilib, murabbiylar hamda mas’ul mutaxassislarga voleybolni rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, yil davomida voleybol sporti bo‘yicha yaxshi natijalarga erishgan tumanlar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan joylarda voleybol infratuzilmasini mustahkamlash maqsadida koptoklar, setkalar hamda koptok tashish uchun maxsus aravachalar tarqatildi.

Bundan tashqari, ichki ishlar idoralari tomonidan tumanlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazilib, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda voleybol sportini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilish davomida 2026-yilda Markaziy Osiyo U-16 chempionatini Navoiy viloyatida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinib, musobaqani iyun–iyul oylarida tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Yakunda esa 2026-yilning birinchi choragida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olinib, mazkur yo‘nalishda yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting