locale OZ

Voleybol. Navoiy shahrida U-17 voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mazkur chempionatda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan jamoalar ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Navoiy shahrida U-17 voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Navoiy shahridagi “Sport saroyi”da sportning voleybol turi bo‘yicha U-17 o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chempionatda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan jamoalar ishtirok etmoqda. Ochilish marosimida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Tasbayev Azat Damirovich hamda viloyat Sport boshqarmasi mas’ul xodimlari qatnashdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar yosh sportchilarga omad tilab, bunday musobaqalar sportni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting