locale OZ

Voleybol. \"Millatlar Ligasi – 2025\" musobaqasiga tayyorgarlik davom etmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. "Millatlar Ligasi – 2025" musobaqasiga tayyorgarlik davom etmoqda
PHOTO: Telegram

Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizning Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan "Millatlar Ligasi – 2025" musobaqasi oldidan muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda musobaqani yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, xususan, xorijdan keladigan sportchilar va rasmiylar uchun viza rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, ularning Farg‘onaga yetib kelishi va harakati uchun qulay transport vositalarini tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, o‘yinlar o‘tkaziladigan sport majmuasida tomoshabinlar uchun barcha zarur sharoitlar – qulay o‘rindiqlar, salqin ichimliklar, tibbiy xizmat va boshqa infratuzilmalarni yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga ushbu yo‘nalishlarda aniq vazifalar yuklatildi.

Mazkur musobaqa xalqaro miqyosdagi yirik voleybol tadbiri sifatida nafaqat sportchilar, balki tomoshabinlar uchun ham unutilmas voqeaga aylanishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting