locale OZ

Voleybol. Markaziy Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

22–29 iyun kunlari Pokistonda voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Markaziy Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda
photo: Voleybol Uzbekistan

22–29 iyun kunlari Pokistonda voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu nufuzli musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi ayni kunlarda "Jar" sport majmuasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

O'zbekiston Voleybol federatsiyasi bosh kotibi Farhod Alimov terma jamoa mashg'ulotlarini kuzatdi. Tashrif davomida jamoa a'zolari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o'tkazilib, oldinda turgan Markaziy Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni, musobaqa oldidagi rejalar hamda jamoaning asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi.

Terma jamoamizga bo'lajak musobaqada omad va zafarlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting