Voleybol. Jizzaxda voleybol bo‘yicha 9-sinflar musobaqasi yakunlandi
O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Jizzax viloyatida o‘tkazilgan “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostidagi voleybol musobaqasi natijalarini e’lon qiladi. 2 kun davom etgan ushbu sport tadbiri umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘g‘il bolalar va qizlari o‘rtasida o‘tkazilib, voleybolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda kelgusidagi terma jamoalarni shakllantirishga xizmat qildi.
Qizlar o‘rtasida g‘oliblar:
1-o‘rin — Zarbdor tumani
2-o‘rin — Paxtakor tumani
3-o‘rin — Do‘stlik tumani
Qizlar bahsida Zarbdor tumani vakillari o‘z ustunligini yaqqol namoyish etib, musobaqada tengsiz o‘yin ko‘rsatishdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘oliblar:
1-o‘rin — Zarbdor tumani
2-o‘rin — Paxtakor tumani
3-o‘rin — Baxmal tumani
O‘g‘il bolalar o‘rtasida ham Zarbdor tumani jamoasi kuchli raqobatni yengib, musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar Jizzax viloyati IIB, viloyat voleybol federatsiyasi hamda viloyat maktab va maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.