Voleybol. Jamshid Fayziyev U18 terma jamoasi bilan uchrashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Fayziyev joriy yil yoz mavsumida bo‘lib o‘tadigan CAVA U19 chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan U18 terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Jamshid Fayziyev sportchilar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning tayyorgarlik jarayonlarini bevosita kuzatdi hamda muhim tavsiyalar berdi. Mazkur jarayonni xalqaro tajribaga ega mutaxassis Kavalinka Mixayl Mixaylovich bilan birgalikda baholab bordi.
Uchrashuv sportchilar uchun katta ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlab, ularning professional o‘sishiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston voleybolining kelajagi bo‘lgan yoshlarimizga chempionatda omad tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor