Voleybol. Filippinning Kandon shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaga tayyorgarlik davom etmoqda
Osiyo voleybol konfederatsiyasi taqvimiga muvofiq, AVC Women’s Volleyball Cup – 2026 musobaqasi 6–14-iyun kunlari Filippinning Kandon shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaga tayyorgarlik davom etmoqda.
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston qizlar milliy terma jamoasi ayni kunlarda Toshkent shahridagi “JAR” sport majmuasida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Mazkur yig‘inlar 2026-yil 3–15-iyun kunlari Filippin davlatining Kandon shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan.
Mashg‘ulotlar jarayonida O‘zbekiston voleybol federatsiyasi rahbariyati yosh sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida bo‘lajak musobaqaning nufuzi va ahamiyati, xalqaro maydondagi mas’uliyat hamda terma jamoa oldida turgan vazifalar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, sportchilarning tayyorgarlik jarayoni, yaratilgan sharoitlar va jamoaning ruhiy holati yuzasidan ham muloqot olib borildi. Mutasaddilar tomonidan yosh voleybolchilarga musobaqada munosib ishtirok etish va yurt sharafini yuqori darajada himoya qilish borasida ezgu tilaklar bildirildi.