locale OZ

Voleybol. Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, 1-tur) tantanali ravishda ochildi

Oliy liga bahslari 22–29-yanvar kunlari Olimpiya shaharchasi jamoaviy sport turlari zali hamda “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, 1-tur) tantanali ravishda ochildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Toshkent shahrida erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati — Oliy liga (1-tur) musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning ilk yirik sport musobaqalaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan ushbu turnir yuksak saviyada, bayramona ruhda tashkil etildi.

Ochilish marosimida Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) Prezidenti Ramon Suzara, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri — O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi general-leytenant Aziz Anvarovich Toshpo‘latov, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Ikromov Adham Ilhomovich, vazirlik va idoralar rahbarlari, sport sohasi mutasaddilari, federatsiya rahbariyati, murabbiylar, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida rasmiy mehmonlar so‘zga chiqib, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi, O‘zbekistonda voleybol sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusida xalqaro hamkorlikning yanada kengayishi haqida gapirishdi. Bundan tashqari bu kabi musobaqalarning yosh sportchilarni professional darajada kamol toptirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, musobaqada ilk bor zamonaviy “Challenge” (video qayta ko‘rib chiqish) tizimi joriy etilgani alohida ta'kidlab o'tildi. Mazkur tizim bahslar davomida hakamlik qarorlarining yanada haqqoniy va shaffof bo‘lishini ta’minlab, chempionatning xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazilishiga xizmat qiladi.

Bayramona kayfiyatda tashkil etilgan tantanali marosim san’atkorlar chiqishlari va sportchilar paradiga ulanib, tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Oliy liga bahslari 22–29-yanvar kunlari Olimpiya shaharchasi jamoaviy sport turlari zali hamda “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida davom etadi.

Mazkur chempionat mamlakatimiz voleybolining rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, sportchilar o‘rtasida raqobatni kuchaytirish, yangi iste’dodlarni kashf etish hamda O‘zbekiston voleybolining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting