locale OZ

Voleybol. CAVA turniri o'z nihoyasiga yetdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. CAVA turniri o'z nihoyasiga yetdi
PHOTO: Telegram

2025 yil 9–16 iyun kunlari Toshkent shahridagi Jar sport sog‘lomlashtirish markazi yana bir bor yirik xalqaro sport tadbiriga mezbonlik qildi. Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan tashkil etilgan U-16 va U-19 yosh toifalaridagi voleybol musobaqalari bugun o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqada 5 ta davlat – Eron, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari qatnashdi. Har ikki toifada jami 130 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi bu yil har ikki yosh toifasida ikki tadan jamoa bilan (U-16 va U-19) ishtirok etdi. Bu esa mamlakatimizdagi sport infratuzilmasi va murabbiylik maktabining yuqori darajada ekanidan dalolat beradi. Musobaqalar olimpicheski yani aylanma uchrashuvlari tarzida tashkil etilib, barcha o‘yinlar Jar sport markazining xalqaro talablar darajasidagi maydonlarida bo‘lib o‘tdi.

U-16

1-o’rin Eron termajaomasi
2-o’rin Qozog’iston termajaomasi
3-o’rin O’zbekiston termajaomasi

U-19

1-o’rin Eron termajaomasi
2-o’rin O’zbekiston termajaomasi
3-o’rin Hindiston termajaomasi
Shuningdek bir guruh sportchilar turli nominatsiyalarda ham taqdirlanishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting