locale OZ

Voleybol. CAVA Men’s Championship 2026 musobaqasi oldidan terma jamoa bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalqaro maydondagi muhim musobaqalardan biri — CAVA Men’s Championship 2026 oldidan O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bilan yig‘ilish tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Voleybol. CAVA Men’s Championship 2026 musobaqasi oldidan terma jamoa bilan uchrashuv o‘tkazildi
photo: Voleybol Uzbekistan

Xalqaro maydondagi muhim musobaqalardan biri — CAVA Men’s Championship 2026 oldidan O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bilan yig‘ilish tashkil etildi. Unda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Shukrullayevich Fayziyev, federatsiya bosh kotibi Farhod Sharibovich Alimov hamda terma jamoa bosh murabbiyi Muhiddin Shodmonovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida sportchilar bilan ochiq muloqot olib borilib, jamoaning tayyorgarlik jarayoni, mavjud taklif va muammolar muhokama qilindi. Shuningdek, musobaqaning nufuzi, xalqaro maydondagi ahamiyati va terma jamoa oldida turgan mas’uliyatli vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Mutasaddilar tomonidan sportchilarga musobaqada yuqori natija qayd etish, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish hamda maydonda maksimal fidoyilik ko‘rsatish borasida maslahat va tavsiyalar bildirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting